Apr 13, 2010

iPhone internetini komputer yoki laptop'ga bo'lishish

Salom, O'zbekistonda uchraydigan odatiy muammolar'dan biri iPhone'dagi internetni komputer yoki laptop'ga bo'lishishdir. Chunki chet elda sotib olingan telefoningizga mahaliy sim karta'ni joylashtirishingiz bilanoq, tarmoq moslamalaridagi odatiy Internet Tethering bo'limi yo'qolib qoladi. Quyida man iPhone'dagi 3G tarmog'ini laptop'ga USB yoki Bluetooth orqali bo'lishishni birma-bir tarzda ko'rsatib beraman.



1. Mobil browser(safari yoki opera)da help.benm.at sahifasini oching.


2. Pastdagi Tethering tugmasini bosing.


3. Ro'yxatda O'zbekiston yo'q, shu sababli Create your own (generate) tugmasini bosamiz.


4. Moslamalar sahifasida o'z Mobil operatoringizning internet moslamalari kiriting, mening holatimda bu:
Cariername: Beeline
APN: internet.beeline.uz
Login: beeline
Password: beeline




5. Moslamarning quyi qismidagi Download tugmasini bosamiz va Beeline tarmoq profili paydo bo'ladi. Install tugmasini bosing. Ish stollaridan birida benm.at yordam yorlig'i paydo bo'ladi.


6. Tayyor, endi Moslamalar oynasini ochamiz


7. Tarmoq moslamaliga kiramiz


8. Internet Tethering (Off) bo'limi paydo bo'lgan bo'ladi


9. Ustiga bosib, Off tugmasini bosib yoqamiz (On), telefon bluetooth yoki usb kabel'dan birini tanlashni so'raydi, o'zingizga qulay usulni tanlang. Komputer/Laptop'da yangi tarmoq aloqasi o'rnatiladi va telefon ekranida ko'k chiziqli oynacha paydo bo'ladi.


Tamom. Tarmoq safaringiz hayrli bo'lsin ;)

1 comment:

Nigina said...

juda yaxshi maqola (stat'ya?) :P