Dec 20, 2009

TED Antiqa muzlatgich

E'tibor bergan bo'lsangiz TED tarjimalariga qiziqib qoldim, bugun boshqa bir tarjimon'ning tarjimasini tasdiqlab, qolgan satrlarni tarjima qilgan edim. Tomosha qiling:

Dec 19, 2009

Twitter in Uzbek Plain

Twitter xaqida qisqa tanishtruv, o'zbek titrlari bilan:

Nov 1, 2009

Kelajak uchun bir ikki loyihalar.

O'zbek tilidagi blog'im uchun vaqt ajratish iloji bo'lmayapti. Juda bandman :)
Hullas ko'p narsalarni rejalashtirib yuribman. Tez orada Google xizmatlari butunlay o'zbek tilida bo'lishi va xatto Google Translate'da o'zbek tili ta'minoti paydo bo'lishi ehtimoli mavjud. Lekin bir o'zim bunday vazifalarni bajara olmayman. Ona-tilimizdagi tizimlar ro'yxatini ko'paytirish istagidagi va bo'sh vaqt'da foydali ish bilan shu'gullanish istagidagi foydalanuvchilar men bilan bo'g'lanib ko'ring. Balki hammamiz birgalashib, Internet'ni o'zbekcha gapirishiga oz bo'lsa ham xissa qo'shishimiz mumkin. Twitter foydalanuvchilari meni bu manzil'dan topishingiz mumkin.

Jul 15, 2009

Twitter O'zbekiston Loyihasi

Bir necha kun avval twitter.uz domenini ro'yxatdan o'tkazgandim. Ushbu domen Twitter.com ning o'zbekcha interfeysini yuklash maqsadida foydalaniladi. Lekin tarjimalar tayyor bo'lib texnik muammolarni bartaraf etish ancha vaqtni oladi. Shuning uchun hozircha u yerda O'zbekiston va Toshkent xaqida Dunyo nimalarni yozayotganini tomosha qilishingiz mumkin ;)

Loyihaga o'tish uchun mana buni bosing!

Jun 3, 2009

Evan Viliamsning Twitter xaqidagi TED ma'ruzasi

TED shunchalik ajoyib narsaki, bo'sh vaqtda ma'ruzalarni o'zbek tiliga tarjima qila boshladim:
Marhamat, tomosha qiling, birinchi o'zbek tarjima :)

Feb 9, 2009

Uzbek spell checker for Mozilla Firefox!

Бугун ғирт бекорчиликдан ўтириб, Firefox учун ўзбек(кирилл) имло луғатини текширувчи plugin ясаб кўрдим. Ундан фойдаланиш учун мана бу ерни босинг :) Пайдо бўлган ойнада розилик тугмасини босинг. Firefox қайта ишга тушгандан кейин матн териладиган ихтиёрий майдонда нотўгри терилган сўз устида сичқончанинг ўнг тугмасини босасиз ва Check Spelling ни танлайсиз, яна бир марта босиб, Languages-да Uzbek ёзувини танланг ва қуйидагича манзара пайдо бўлади.
Табриклайман, энди сиз хатосиз ёзиш имконига эгасиз)))
п.с. Ушбу плугин бета бўлганлиги учун, унинг камчиликлари бор, уларни тез орада бартараф қилишга харакат қиламиз ;)