Feb 19, 2007

MSN Messenger uchun qaysi dastur eng qulay?

Salom do'stlar. Men anchadan beri MSN tarmog'idan foydalanaman va har kuni MSN Messenger dasturidan foydalanar edim. Lekin vaqt o'tkan sayin undagi reklama va tizimni sekinlashtirish kabi kamchiliklarini seza boshladim. Shu sababli MSN uchun qulay dastur qidira boshladim. Keyin men do'stim Sean Eganning Gaim nomli dasturiga duch keldim. Bu dastur juda qulay va juda imkoniyatlari ko'p dastur. Unda birdaniga AIM, MSN, Yahoo!, Jabber, ICQ, IRC, SILC, SIP/SIMPLE, Novell GroupWise, Lotus Sametime, Bonjour, Zephyr, Gadu-Gadu va QQ tarmoqlatiga ulanish kabi eng zo'r imkoniyat mavjud. MSNga kelsak. Tabbed style oynalar, Do'stlar ro'yhati uchun qoidalar va amallar moslash mumkin. Do'stingiz uchun o'zingiz hohlagan avatar qo'yish va hozako qulayliklar juda quvontiradi... Lekin menga aynan MSN uchun MSNning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olgan dastur kerak edi. Qidirishni davom ettirdim. Va shu kunlarda ko'zim aMSN so'ziga duch keldi. Linux timizlarda ommabop ishlatiladigan aMSN - Al's yoki Alvaro's MSN daturi bor ekan. Bu dasturda MSN qo'lidan keladigan va MSNda bo'lmagan imkoniyatlar juda ko'p bo'lib chiqdi. Dasturni o'rnatib sinashni boshladim. Birinchi ko'zga tashlangan narsa yuqorida aytilgan tabbed style oynalar... Keyin esa dasturni moslay boshladim. Moslamalar ob'limida Plugins bo'limi bor ekan. Bu yerda MSN uchun kerakli Pluginlarni boshqarish, o'chirish yoki yoqish tugmalari mavjud. Keyin bu pluginlarni ko'rib ularni o'rnata boshladim. Birinchi e'tiborli plugin - Gmailni tekshirish imkoniyati! Aynan man bop Plugin. keyin Winamp dasturida tinglayotgan qo'shiqni statusga o'rnatish va do'stlarga rasm chizib jo'natish va umuman turli rasmlarni habar sifatida jo'natish kabi juda qiziq imkoniyatlarni ko'ra boshladim. Dastur o'zi oddiy Linuxchasiga bezatilgan. Eng muhimi foydalanuvchi uchun judayam qulay qilib yaratilgan. uni hohlagancha moslashingiz mumkin. Avto-javob berish va hohlgan status o'rnatish fazifalari bu dasturni mening tanlangan dasturlar ro'yhatimga so'roqsiz qo'shishimga sabab bo'ldi. Hullas barcha MSN foydalanuvchilariga Alvaroning MSN dasturini ko'rib chiqishlarini mashalat beraman... ;)
p.s. Daturni, uning uchun Plugin va skinlarni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

2 comments:

uzadmin said...

Маълумотлар учун катта рахмат. Линукс учун мсн мессенжерлар излаб юргандим, чунки gaim, kopette лар барибир яху, мсн ларни урнини боса олмайди. Баъзида камера, баъзида микрофондан фодйланишга тугри келади. Кеча "Убунту" учун "amsn"ни урнатдим. "Skaype" эса аллакачон чикиб булган. Мана энди факат яху мессенжер колаяпти. Агар бирорта мукобилини билсангиз, айтиб юбормнг

Bek said...

Kecha Fedora 6 dan Fedora 9ga o'ttim. "Yahoo! Client" uchun "GYachE Improved" degan dasturga ko'zim tushib qoldi. Audible'lar, emoticon'lar, chat, istalgan statusni qo'yish, tab orqali oyna almashuvi, web-camera, ovozli suhbat, avto-away, avto-otvetchik va h.k. kabi qulayliklari mavjud ekan. Faqat bitta yoqmagan minus tomoni kontakt listni ko'rinishi. Ammo, shuncha plyusi bo'lganda bitta kontakt listni ko'rinishini minusiga ko'z yummaslik, bu beshavfqatlik bo'lsa kerak. =)