Oct 8, 2007

Blogger unblocked in Uzbekistan

Va nihoyat *.blogspot.com manzillari muammosiz ochilishni boshladi...

Sep 24, 2007

Uzbek Mozilla FireFox


Xabarlarga ko'ra FireFox o'zbekcha gapirishni o'rganyapti ;)) beta'ni bu yerdan ko'chirib olish mumkin.
ilova qilingan faylni firefox bilan oching va oʻrnatishni istaysiymi deb
soʻraganda ha deb javob bering. Keyin, manzil sifatida about:config deb
kiriting. Paydo boʻlgan roʻyxatdan general.useragent.locale moslamasini
qidiring va uni ikki marta sichqoncha bilan bosib qiymatini 'uz'ga
oʻygartiring. Soʻng, firefox'ni qayta ishga tushiring.

Salom bilan,
Mashrab.

Sep 19, 2007

Today smiley's 25th birthday :-)


Bunday 25 yil avval Carnegie Mellon Universiteti professori Scott Fahlman tarmoq forumlarida kulgich belgisini taklif qilgan ekanligini bilasizmi?;-)

technorati tags:,

Blogged with Flock

Sep 18, 2007

Google Presentation Apps - Power Point killer




Ho'sh ho'sh azizlar, va nihoyat Google Presentation dunyo yuzini ko'rdi... Eric Schmidt hali Aprelda u haqda gapirgan edi, Googlerlar esa uni yozda ommaga taqdim qilish haqida va'da qilishgan edi. Men ham Gmail'dagi yangi tugmacha haqida gapirib o'tgan edim. Mana endi siz o'z taqdimotlaringizni collaborate ravishda sheriklaringiz bilan birgalikda yaratish imkoniyatiga egasiz...

Sep 13, 2007

Google Mail new logo

Gmail'da hozirgina logo almashtirilganligiga ahamiyat berdim;))) aytmoqchi bu ajoyib tizimda yuzlab email manzillarim mavjud, Google Apps loyihasidagi eng sevimli quticham bu so'ngisi uz[at]zu.uz :)))

Google Russia Techtalks

Google Rossiyaning xabariga ko'ra:
Google bahorda boshlagan TechTalk darslarini yana davom ettirmoqchi. Moskva, Piterburg, Yekatirenburg, Novosibirsk, Volgograd, Nijniy Novgorod, Kazan', Perrm', Rostov, Ufa, Krasnodar va Samara shaxarlarida bo'lib o'tadigan bu seminarlar reja bo'yicha 20 universitet talabalarini quvontirmoqchi. Seminarlarning video tasmalari har safar termoqqa yuklanib boriladi. Loyiha haqidagi batafsil ma'lumotlar o'sha blog'da yozilib boriladi. Sentyabr so'ngidan boshlab Googlening 50 nafar dasturchi, marketolog va loyiha rahbarlari guruhi TechTalk'larni olib borishadi. Bu seminarlarda Google technologiyalaridan to xalqaro tarmoqning va axborot technologiyalarining so'ngi yutuqlari xaqida fikr almashiniladi... Rossiyada o'qiyotgan hamyurt talabalarga ushbu imkoniyatdan foydalanib qolishni qat'iyan tafsiya qilaman ;)

Google Earth Flight Simulator

Bu tinib-tinchimagan muhandislar yana bir yangilikni ommaga taqdim qilishdi, Endi Google Earthda dunyoning istalgan nuqtasini tomosha qilish bilan birga, siz o'zingizni ashaddiy uchuvchi sifatida his qilishingiz mumkin, buning uchun manavi tugmalardan foydalanishni bilsangiz bas;)))

Chaos Constructions HackAround '2007

Rus do'stlarimiz kompyuter va axborot technologiyalariga o'zgacha nazar soladiganlarni birlashtirish maqsadida Chaos tarmog'ini ishga tushirishdi. Batafsil ma'lumot uchun mana bu yerga o'ting.

Yahoo Mapmixer

Yahoo yaqinda o'z foydalanuvchilariga yangi xizmat turini taqdim qildi. Mapmixer nomli bu loyiha ixtiyoriy foydalanuvchi uchun xaritalarni ko'rish, tarmoqqa yuklab umumiy ma'lumotlar omboriga hissa qo'shish imkonini beradi.

Google books exchange


Blogger hali ham blocked ravishda bo'lgani uchun yangiliklar bilan bo'lishishim qiyin bo'lyapti, hullas o'tkan haftada Google kitob qidiruv, o'qish, to'plash va almashinish imkonini ommaga taqdim etdi... Eng qizig'i bu tizim barcha raqamlashtirilgan kitoblar ichidagi so'zlar bo'yicha qidirish qobiliyatiga ega. Barchaga albbata buni sinab ko'rishni maslahat beraman. Mening shaxsiy kutubxonam esa mana bu yerda;)

Sep 1, 2007

Rapidshare search engine

Eng yirik fayl almashinuv xizmati Rapidshare uchun filez.com nomli qidiruv tizimi ochilibdi. Engi tarmoqda faylni ko'chirib olish juda osonlashdi...

Aug 31, 2007

Happy Bloggers Day

O'tkan xaftada Blogger'ning 8 yoshini nishonlagan edik. Mana bugun ham ajoyib kun, barchani xalqaro bloggerlar kuni bilan tabriklayman, barchangizga yaxna fikrlar va yuqori tezlik tilayman... ;)))

Intel community






Intel korporatsiyasi yaqinda yangi OpenPort ijtimoiy tarmog'ini ommaga namoyish qilgandi, men ularga rus va o'zbek tili tarjimalari xaqida taklif maktubi yozgandim, mana qarangki bugun adashmasam bu haqda yozishyapti... ;)))

Microsoft'dan yangi sovg'a





Ular ham tinib tinchimaydi... Yaqinda buyuk gigant yangi interaktiv Tafiti qidiruv tizimini ommaga taqdim qildi... yangi qidiruv tizimi Silverlight texnologiyasi asosida ishlaydi...

Bundan tashqari tarmoqda Microsoft'da ishlovchi xakerlar blogi ommaga namoyish etildi...

Orkut new design

O'tkan xafta Google'ning Orkut tarmog'i yangi ko'rinishda namoyon etildi...

Bundan tashqari blogger xizmatida yangi xabar yozishda () tugmachasi paydo bo'ldi, endi hamma foydalanuvchilar o'z video fayllarini xabarlariga biriktirishi mumkin...

Gmail collaborate final video

Blogger xizmati bloklanganligi tufayli yangi xabarlar bilan bo'lisha olmayotgan edim... Hullas birinchi xabar Gmail collaborate video yakuniy ko'rinishda ommaga taqdim etildi:

Aug 26, 2007

Gmail presentations preview




Yaxna xabarlarni boshlasam, Gmail'da maktubga biriktirilgan .ppt fayllar namoyishi paydo bo'ldi. Bu tez orada Google Docs'da presentation paydo bo'lishidan dalolat beradi...

Aug 23, 2007

Apple iMac new design


Apple'dagi tinib tinchimagan muhandislari komputerni ashqal dushqali bilan monitorga joylashtirishibdi;)) Batafsil ma'lumot uchun rasmni bosing...

MAKS 2007 - Google xizmatlari imkoniyatlari namoyishi

http://www.maks2007.com/ saytida Google Xizmatlaridan foydalangan holda qanchalik qulay web site yaratish mumkinligini ko'rishingiz mumkin. Ushbu ma'lumot Google Russian Blog'dagi xabardan olindi...

Explore the sky with Google Earth



Google Earth dasturida yerni zabt etishga qoniqmaganlar uchun fazoni zabt etish imkoniyati paydo bo'ldi. Buning uchun dasturning yangi versiyasida sky tugmachasini bosishingiz kifoya... ;)

Aug 8, 2007

fashionblog.uz

Uznetdagi moda va stil' haqidagiyangi va adashmasam birinchi blog paydo bo'ldi - fashionblog.uz!

Hamma qiziquvchilar bu yerga kiramiz:)

technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

Aug 3, 2007

Gmail video

O'z video klipingizni ushbu videoga qo'shing

GMail maktubining dunyo bo'ylab sayohat qilishini tassavur qilishimizga yordam bering. Gmail jamoasi tomonidan yaratilgan video'ni tomosha qiling, video'ning davomi siz jo'natigan eng yaxshi videolardan jamlanadi. Yakuniy video, butun dunyodan jo'natilgan video'larning eng yaxshilari ichidan tanlab olinib, Gmail bosh sahifasida joylashtiriladi.

Buning uchun sizga video kamera, Gmail M-velope ( ), va ozgina ishtoyoq kerak bo'ladi.

O'z video klipingizni August 13th, 2007 gacha jo'nating va hamkorlikda yaratiladigan faylga hissa qo'shing..

Buning uchun manavi sahifaga tashrif buyuring;)

technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

Jul 28, 2007

Beeline.Uz updated

Salom do'stlar, ancha payt shomollash oqibatida offline edim. Bugun uyga qaytib keldim va yangiliklar bilan tanisha boshlagandim. Eng muhim yangiliklardan biri bu Beeline.UZ ning yangilangani va ayniqsa sms jo'natish imkoniyati paydo bo'lganidir... ;)

technorati tags:,

Blogged with Flock

Jul 19, 2007

Google Talk on QIP

Barcha qip foydalanuvchilarini ajoyib yangilik bilan tabriklayman. Bizga ICQ uchun eng qulay bo'lib tanilgan QIP dasturi mualliflari yaqinda QIP Infium Beta nomli dasturni ommaga taqidm qilishdi. Bu mahsulotda ICQ, Jabber va SipNET lardan foydalansa bo'ladi. Eng muhimi men o'zimning Google Apps hisobimga bog'lanib, Google Talk'dagi do'stlarim bilan muloqotda bo'lganimdan judayam hursandman...


Dasturni mana bu yerdan olsa bo'ladi ;)

Jun 30, 2007

i'm back and online

Hammaga salom. Man bir oylik harbiy xizmatdan qaytdim. Harbiy qasamyodni qabul qilib, harbiy guvoxnomalik bo'ldim. Bir oy ichida ancha narsalarni qadriga yetishni o'rgandim...

May 26, 2007

Fun on Windows Installin' part2


Haa yuqoridagi screenshotdan ma'lumki, Shift+F10 sarguzashti windows 2000 o'rnatish jarayonida davom etdi. Ertalabdan bir eski pc ning tizimini qayta o'rnatishim kerak edi. Konso'lni ochgandan so'ng, desk.cpl yordamida ekranni moslab oldim, so'ngra wincmd borligi esimga tushdi. Uni ochib oldimda yana windows installerni mazah qilishni boshladim. Bu gal MS Office XPni o'rnatishga ulgurdim. Buni ustiga undan tashqari dasturlarini o'rnatishga ulgursa ham bo'larkan. Hullas janob adminlar ishimiz yanada yengillashdi;)

p.s. Gap nima haqidaligi tushunmagan bo'lsangiz, pastda yozgan mana bu postimni o'qing;)

May 24, 2007

Gizmo bepul qo'ng'iroqlar

Mana bu yerda,

Argentina Australia Austria Belgium Brazil Bulgaria Chile Czech Republic Denmark Estonia Finland France  French Antilles Germany Gibraltar Greece Guadeloupe Hungary Iceland Ireland Israel Italy Japan Liechtenstein Luxembourg Monaco Netherlands New Zealand Norway Panama Peru Poland Portugal Slovenia Spain Sweden Switzerland Taiwan Turkey United Kingdom Venezuela Zambia

davlatlariga 40 minut tekin qo'ng'iroq qilish mumkinligi haqida yozilgan.

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Gmail attachments 20 Mb

Endi barcha Gmail foydalanuvchilari 20Mb'gacha bo'lgan maktublarni qabul qilish yoki jo'natishlari mumkin. Bloggerlar uchun ayni muddao bo'ldi;)

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

May 21, 2007

Windows XP installin' with fun;)

Windows XPni o'rnatish jarayonida o'yin o'ynash yoki internetda web-site'larni ochib o'tirish haqida eshitganmisiz?;) Unda eshiting. O'rnatgich fayllarni ko'chirib bo'lgandan so'ng komputer restart bo'ladi. Ko'k fondagi o'rnatish jarayonida, til vositalarini tanlaganingizdan keyin, Shift+F10 larni bosing. Ko'z oldingizda Windows console chiqadi. Qolgani esa juda oddiy, maktabda menga o'xshab ms-dos o'rganganlar bo'lsa, bemalol o'yinlar yoki internet explorer kabi dasturlarni ishga tushirishi mumkin;) Bundan tashqari man 2chi desktop tushunchasini topdim. Shu o'rnatish jarayonida console'da mana bunday amallarni bajaring:

C:\Documents and Settings\(sizning progile)\cd ..
C:\Documents and Settings\cd ..
C:\\cd windows
C:\WINDOWS\cd system32
C:\WINDOWS\system32\desk.cpl

Bunda ekran moslamari chiqadi. Hullas ekran hajmini va orqa fonni moslash mumkin. Qizig'i shundaki, tanlagan rasmingiz o'rnatgichni orqasida bo'ladi va uni ustiga komputer yonish paytida boot va windows welcome screen'larning orasida qolib ketadi;)))


technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

May 17, 2007

World Information Society Day

Barchani xalqaro ITchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklayman ;) Ishlarga rivoj va sog'lik-salomatlik tilab qolaman...

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Google updated

Bugun ertalabdan barcha google hizmatlari manzillar qatori o'zgartirildi... Endi hamma xizmatlar qulay bog'lamalar orqali bog'langan... Gmail esa mana bunday:

May 16, 2007

Remove Autorunz from hard drives.


Ko'pchilik duch keladigan muammolardan biri. My computer'ni ochganda disklaringiz nimagadir qandaydir xatolar bera boshlaydi. Diskni ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosganda qandaydir noma'lum autorun larga ko'z tushadi. Hullas bir do'stimning kompyuterida shunday muammo paydo bo'lgandi. Internetdagi izlanishlar yakunida qandaydir forumda juda sehrli satrlarga duch keldim. Ularni olib, Notepadga ko'chirdim. Keyin esa killautorunz.bat deb saqladim.

Shunday muammoga duch kelgan bo'lsangiz mana bu fayl ni saqlab olib, ishga tushiring. Natijada isklaringizda paydo bo'lgan zararli Autorunlar tozalanadi...

May 11, 2007

MSN Live Messenger Login Error Fixed

hahahah:) Hammada bo'lgan bo'lsa kerak bu muammo. Yangi o'rnatilgan tizimda MSN tarmog'iga kirishda xatoliklar bo'ladi. Hammani jig'iga tegadi bu narsa;) Asosiy sabablarda biri tizim vaqti no'to'g'riligini bilasizmi?:) Bugun yana bir office muammosidan qutildim. Vaqtni to'g'ri moslash bilan bu muammoni yechish mumkin ekan... Unda ham xato chiqaversa, Win+R(run) da:

regsvr32 Softpub.dll

regsvr32 Mssip32.dll

regsvr32 Initpki.dll

satrlarini kiritib ko'ring. keyin MSN Live Messengerni qaytadan ishga tushirsangiz, muammolaringiz yo'qolganligini ko'rasiz;)

technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

May 10, 2007

Gaim endi Pidgin deb ataladi.

O'tkan hafta do'stim Sean Egan o'zining Gaim dasturi yangi talqinda ommaga taqdim etilganligi haqida xabar berdi. AOL bilan bo'lgan tortishuvlardan so'ng dastur nomi Pidgin ga o'zgartirildi. Yangi 2.0.0 relizda tezkor xabarlar uchun qulay dastur yanada chiroy topdi. Windows, lInux va Osx versiyalarni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Apr 22, 2007

Google Logo Earthday

Earth Day
Hammani yer kuni bilan tabriklayman... ;)

technorati tags:, ,

Blogged with Flock

Apr 14, 2007

Happy Birthday to me:)

Haaa. qariyapmiz. Meni dunyoga keltirib, katta qilgan onamga rahmat...

technorati tags:,

Blogged with Flock

Apr 13, 2007

Google rasmiy blogi: Blogger: Endi yangi tillarda

Official Google Blog: Blogger: Now in more languages xabariga ko'ra Blogger endi 19ta tilda gapiradi. Lekin malakam bo'yicha shuni aytishim mumkinki, bu tillarga allaqachon tarjima qilib bo'lingan edi. Tez orada blogger o'zbekcha ham bo'ladi...

Apr 12, 2007

Google Doodle

Yuri Gagarin
Hammani kosmanavtlar kuni bilan tabriklayman ;)

Aytmoqchi, May oyida Dennis akamiz mana bunday Doodle haftaligiga tayyorgarlik ko'ryapti...















technorati tags:, , ,

Blogged with Flock

Apr 3, 2007

Bu yilgi Anita Borg Scholarship g'oliblari

Google rasmiy blogida Official Google Blog: This year's Anita Borg Scholarship winners nomli xabarni ko'rib qoldim. Bu yerda Google homiyligidagi butun dunyodan iqtidorli qizlarni yuksak texnologiyalar bo'yicha o'z bilimlarini oshirish o'quv loyihasiga qabul qilingan qizlar ro'yhati haqida gap ketyapti. To'g'risini aytganda bunday loyihalar ilm-fan rivojiga juda katta hissa demakdir. Loyiha g'oliblarini tabriklab, o'tolmaganlarga keyingi yillarda omad tilab qolamiz... ;)

Mar 26, 2007

Ruscha Google Tech Talks

Yaqinda Google Russia Blogida ajoyib yangilikka ko'zim tushgandi. U Yerda Google Mart oyidan boshlab Rossiyadagi bir necha oliy o'quv yurtlarida Google Tech Talks - Google bilan tanishtirish liksiyalarini boshlaganligi haqida yozilgandi va xatto birinchi tech talk tasmasi YouTube'da joylashtirilgandi ham. Man bu tech talk'larni ko'rib chiqdim va ancha batafsil ma'lumot oldim. Kimki Google qanday tashkil topgan, tizimlar qanday va qayerda joylashgan, barcha narsa qanday ishlashligi haqida bilmoqchi bo'lsa Google Russia blogiga tez tez kirib turishini maslahat beraman. Chunki aynan Rossiyada birinchi bor bunday leksiyalar asl rus tilida olib borilyapti. Boshqa davlatlarda bunday leksiyalar faqat Ingliz tilida olib boriladi. Mana bugun Qidiruv tizimi va uning qanday ishlashi haqida yangi video tasma joylashtirildi ;)))

technorati tags:, , , , ,

Blogged with Flock

Mar 25, 2007

MacOSx for x86

Intel protsessorli kompyuter sohiblari - MacOSXni o'rnatishdan avval barcha ma'lumotlarni alohida saqlab oling!!!:) bugun MacOS o'rnatish jarayonida 30Gb ma'lumotim o'chib ketti:((

technorati tags:,

Blogged with Flock

Mar 21, 2007

Google shaxsiy sahifasidan yangiliklar


Bugun ertalabdan Google Personalized homepage'da o'zgarishlar yuz berdi:) Endi har bir foydalanuvchi o'z shahsiy sahifasi uchun CSS design variantlarini tanlash imkoni bor. Eng qizig'i shundaki, bu theme'lar sizning manzilingizni so'raydi. Manzildan kelib chiqqan holda, shaxsiy sahifangizda kun va tun o'zgarishlari aks ettirilgan... Agar bu imkoniyat bo'yicha fikr va mulohazalaringiz bo'lga, bu haqdagi guruhlarga marhamat!!!

Man tanlagan Tea House kun davomida quyidagicha o'zgaryapti:

tungi: 2-00

sahar: 4-00

tongi: 6-00

ertalabki: 8-00

ertalabki: 10-00


kungi: 12-00


kungi: 2-00


kungi: 4-00


kungi: 6-00

kechki: 8-00

tungi: 10-00

tungi: 12-00

Yangilik haqida Official Google Blog: Personality goes a long way sahifasida batafsil o'qishingiz mumkin.

Mar 15, 2007

Nokia 6600 uchun Theme


Bugun ishdan kelib bir qiziq dasturga ko'zim tushib qoldi... Carbide.ui S60 Theme Edition 3.1 nomli bu dastur yordamida. Ajoyib narsalar yaratsa bo'larkan... bir ikki soatlik urinishdan so'ng. o'zim uchun ajoyib Google theme yaratdim ;)

Logotip o'xshamaganligi tufayli Beeline yozuvini ham Google stilida chizib chiqdim. Va natijada mana bunday Theme paydo bo'ldi:

Ha aytgancha Nokia 6600 sohiblari bu theme ni sinab ko'rmoqchi bo'lsa. SIS faylni mana bu yerdan olishlari mumkin...;)

Mar 11, 2007

Google Talk Uzbek Translation

Hullas shu kunlarda dasturni kiril alifbosida tarjima qilib ko'rdim. O'zbek tilidagi doimiy muammolarimiz Қ Ғ Ҳ harflarimiz bilan muammo bo'lyapti lekin bu muammoni ularni Notepaddan ko'chirish bilan hal qildim. Bilmadim o'zimga natija yoqmadi. Shuning uchun tarjimani 2 xil ko'rinishda taqdim qilaman. Biri kirilcha bo'ladi biri lotincha. Qaysi birini rasmiy joylashtirishni forumda hal qilamiz...

Google Maps(Google Earth) raqibi - Live Maps (Microsoft Virtual Earth)

Ho'sh boshladik. Sizlarni dunyo haritasini ko'rsa bo'ladigan yana bir manba' bilan tanishtirmoqchiman. Ko'zim tushib sinab ko'rmoqchi bo'ldim. Live qidiruv tizimidagi bu bo'limda sahifa yuklangannidan so'ng siz Google Maps kabi tasvirlarni ko'rish imkoningiz bo'ladi. Lekin Microsoft injenerlari harakati tufayli ular browser orqali yerning 3D ko'rinishini qo'llay olishibdi. Buning uchun sahifada 3D tugmachasini bosasiz va taklif qilingan manzilga kirasiz. U yerda sizga dasturni o'rnatish uchun kerakli faylni yuklab olishingizni so'rashadi. Faylni yuklab olasiz. Keyin ishga tushurasiz. Va u internet orqali boshqa bir o'rnatgichni tortishni boshlaydi. Uzor muddatli 18Mb fayl tortib olinganidan so'ng o'rnatish davom etadi. Dasturni o'rnatib bo'lsangiz ish stolingizda Virtual Earth yoqlig'i paydo bo'ladi. Uni ustiga bosib yana live.com ga duch kelasiz. Lekin bu safar 3d tugmasini bossangiz yer 3 o'lchovli hajmda aks etadi... ho'sh tasvirlarga kelsak sifati unchalikmas, lekin joylarning nomlanishi aniqroq va xaritadagi o'zingiz yashaydigan joylar(ko'chalar va hokazo) Google Maps'dan ko'ra aniqroqligini ko'rasiz... Hullas, menga unchalik yoqmadi... Sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz OLG'A! ;)
p.s. Farg'onani turli tarafdan mana bunday ko'rsa bo'ladi:

Googledagi qiziq hodisalar ;)

So'rovimga juda qiziq javob chiqyapti ;))) Qiziq, Google'da hali o'zbeklar ishlamasa ham qidiruv tizimi odamni lol qoldirmoqda...

Tushunmagan bo'lsangiz yuqoridagi bog'lamani ustiga bosing ;)

Mar 7, 2007

Google xizmatlari va mahsulotlari

Google xizmatlari va mahsulotlarini o'zbekchalashtirish loyihasiga http://uzteam.googlepages.com sahifasini yaratdim. Hozir kasal bo'lib qoldim. Tez kunlarda yaxshi bo'p qolsam, Collaborate tizim joylashtirib harakatni davom ettiramiz. Tarjimalar ham kasalligim tufayli to'xtab qoldi…

Feb 25, 2007

Google Talk uzbek beta ;)



Hullas mana 2 kundan beri inglizcha va o'zbekcha Google Talklarni ochib olib solishtirib, sinab o'tiribman... Bu xato va kamchiliklarni tez topishga yordam beryapti ;))) O'ylaymanki bu kelayotgan haftada Google Talk butunlay o'bekchada bunyod bo'ladi ...

Feb 22, 2007

Google xizmatlari va mahsulotlari tarjimasi [Google Talk]




O'tkan haftada Google bilan tarjimalar bo'yicha bog'langan edim. Google hizmatlari va mahsulotlarini mahaliylashtirish bo'limida ishlaydigan tanishim Vlad Patryshev mening iltimosimga ko'ra, men bilan birga tarjima qilgan o'zbek foydalanuvchilar bilan bog'lanib, men ularni izlayotganim haqida habar berdi. Ha man haqiqatdan ham qolgan tarjimonlarni anchadan beri izlayotgan edim. Chunki tarjimalarimizda imloviy hatolar judayam ko'p. Tarjimani birgalashib, Mashrab Kuvatov aytmoqchi qonun-qoidalar asosida kiritishimiz kerak. Ha aytmoqchi Google guruhlari forumida ochiq kodli dasturiy ta'minotlar va loyihalarni o'zbekchalashtirishga bag'ishlangan floss-uz-l10n guruhi mavjud. Barchangizni ushbu guruhga taklif qilaman... Tarjimalarga qaytsak, bir sahifa bo'ladi va unda tarjima ahvoli, qonun-qoidalar, eslatmalar haqida yozib turaman. Mana bugun Google Talk dasturini o'zbek tiliga tarjima qilib uni sinovdan o'tkazishni boshladim. Hafta so'ngida googletalk.exe fayli bilan bo'lishishim mumkin ;) Ungacha esa o'zimning komputerimda sinovdan o'tyapti...

Feb 19, 2007

MSN Messenger uchun qaysi dastur eng qulay?

Salom do'stlar. Men anchadan beri MSN tarmog'idan foydalanaman va har kuni MSN Messenger dasturidan foydalanar edim. Lekin vaqt o'tkan sayin undagi reklama va tizimni sekinlashtirish kabi kamchiliklarini seza boshladim. Shu sababli MSN uchun qulay dastur qidira boshladim. Keyin men do'stim Sean Eganning Gaim nomli dasturiga duch keldim. Bu dastur juda qulay va juda imkoniyatlari ko'p dastur. Unda birdaniga AIM, MSN, Yahoo!, Jabber, ICQ, IRC, SILC, SIP/SIMPLE, Novell GroupWise, Lotus Sametime, Bonjour, Zephyr, Gadu-Gadu va QQ tarmoqlatiga ulanish kabi eng zo'r imkoniyat mavjud. MSNga kelsak. Tabbed style oynalar, Do'stlar ro'yhati uchun qoidalar va amallar moslash mumkin. Do'stingiz uchun o'zingiz hohlagan avatar qo'yish va hozako qulayliklar juda quvontiradi... Lekin menga aynan MSN uchun MSNning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olgan dastur kerak edi. Qidirishni davom ettirdim. Va shu kunlarda ko'zim aMSN so'ziga duch keldi. Linux timizlarda ommabop ishlatiladigan aMSN - Al's yoki Alvaro's MSN daturi bor ekan. Bu dasturda MSN qo'lidan keladigan va MSNda bo'lmagan imkoniyatlar juda ko'p bo'lib chiqdi. Dasturni o'rnatib sinashni boshladim. Birinchi ko'zga tashlangan narsa yuqorida aytilgan tabbed style oynalar... Keyin esa dasturni moslay boshladim. Moslamalar ob'limida Plugins bo'limi bor ekan. Bu yerda MSN uchun kerakli Pluginlarni boshqarish, o'chirish yoki yoqish tugmalari mavjud. Keyin bu pluginlarni ko'rib ularni o'rnata boshladim. Birinchi e'tiborli plugin - Gmailni tekshirish imkoniyati! Aynan man bop Plugin. keyin Winamp dasturida tinglayotgan qo'shiqni statusga o'rnatish va do'stlarga rasm chizib jo'natish va umuman turli rasmlarni habar sifatida jo'natish kabi juda qiziq imkoniyatlarni ko'ra boshladim. Dastur o'zi oddiy Linuxchasiga bezatilgan. Eng muhimi foydalanuvchi uchun judayam qulay qilib yaratilgan. uni hohlagancha moslashingiz mumkin. Avto-javob berish va hohlgan status o'rnatish fazifalari bu dasturni mening tanlangan dasturlar ro'yhatimga so'roqsiz qo'shishimga sabab bo'ldi. Hullas barcha MSN foydalanuvchilariga Alvaroning MSN dasturini ko'rib chiqishlarini mashalat beraman... ;)
p.s. Daturni, uning uchun Plugin va skinlarni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

Feb 17, 2007

Gmail tarjimasi

Vanihoyat hozirgina Gmailning o'zbek tiliga tarjimasi 100% bo'lganini ma'lum qilaman. Tez kunlarda barcha o'zbeklar jonajon O'zbekcha Gmaildan bahramand bo'lishlari mumkin...

Feb 12, 2007

Windows PE Mini USB Edition

Kuni kecha FlashJet150'imga tezyordam utilitlar to'plami bo'lmish Windows PE MiniUSB edition o'rnatdim. Undan tashqari Autopatcher XP ning Yanvar uchun chiqarilgan versiyasi hamda DirectXning Fervral versiyasini yozdim. Uydagi gibrid(848yoki865 plataligi uchun) komputerimda boot Flashkadan yuklana olmadi. Lekin aynan o'sha payt bir og'aynim kopyuteri yonmay qolgan ekan. Uning 865chi platali kompyuterida sinab ko'ra qoldim. Sinov natijali juda ijobiy bo'ldi. Chunki Flashkadan yuklangan Windows juda tez ishlar ekan. Unda Windows Vista grafik ko'rinishi mavjud (Astonda ishlasa kerak). axborot tiklash, vintlar bilan ishlash uchun eng maxshur dasturlar to'plami jam etilgan. Buni estiga Hack Tools ham qo'shilibdi ;)) ya'ni flashka yuklanilgan kompda o'rnatilgan Windowsda admin parolini almashtirish yoki yangi admin hisobi ochish uskunalari mavjud ekan ... ;) Hullas Flashcard sohiblari uchun aynan WIndows PE mini USB Editionni tavsiya etaman ;)

Blogged with Flock

Feb 5, 2007

Farg'onaliklar forumi

Dam olish kunlarida meni aldab ketgan chet ellik hosterning serveriga ulanib o'z forumim va uning ma'lumotlar omborini tortib oldim... Endi Farg'onaliklar bizning loyiha forumida muloqotda bo'lishlari mumkin...

Blogged with Flock

Feb 3, 2007

http://openlib.org.ua/

http://openlib.org.ua/ - shu kungacha ko'rgan elektron kutubhonalar ichida eng yaxshisi ;)))

Blogged with Flock

Orkutda video!

Kuni kecha Google rasmiy blogida YouTube yoki Google Video da joylashgan video manzillarini olib, o'z profayllaridagi video playlistga qo'shib olishlari mukin. Profaylga kirgan odam esa bunday ajoyib videolarni Orkutdan chiqmasdan tomosha qila oladi...

Blogged with Flock

Feb 1, 2007

GMailda yangi o'zgarish

Endi Gmail dagi elektron manzilingizga .doc yoki .xls fayllar kelsa, ularni pochtadan turib Google Document sifatida ochib, o'zgartirishingiz mumkin. O'zgartirilgan hujjatlarni esa ihtiyoriy ko'rinishda saqlash, Blog(blogger wordpree LJ)ingizda joylashtirishingiz mumkin ;)

Blogged with Flock

Jan 31, 2007

MP3UZ.com

Bugun poytaxtlik do'stlarimizning loyihasi qayta ishga tushdi ;) Yoppasiga ro'yhatda o'tamiz;)) Bu yerda juda yaxna va juda yoqimli qo'shiqlar jamlangan...

Lekin esda tuting qo'shiqlar va ularning matnlari endi pullik bo'p qolibdi ...


Blogged with Flock

Jan 29, 2007

Google tasvir qidiruvidagi o'zgarishlar

Endi images.google.com da tasvir qidiruv jarayonida natijalarni ustiga sichqonchani qo'ysangiz, qo'shimcha oynada tasvirning katta hajmdagisi chiqyapti ;)) juda qulay va yoqimli o'zgarish ;)))

Blogged with Flock

Jan 25, 2007

icq6 takshiruv natijalari yomon ;)

hullas, kodirovka bilan muammolar juda ko'p. offline habarlar noto'g'ri kelyapti va update dan so'ng umuman contactlist yo'qolib qoldi ;) Eng achinarlisi bu icq6 deganlari juda ko'p resurs yer ekan - komputer hotirasiga katta ta'ris qilyapti ;) mening ishonchimi qozonolmadi, shuning uchun sirlarga o'zim foydalanadigan QIP dan foydalanishni tavsiya etaman ...

Blogged with Flock

Jan 23, 2007

ICQ6

Bugun icq6 ni sivovdan o'tkazishni boshladim... hafta ohirida bu haqda batafsil yozaman...

Blogged with Flock

IPB 2.2.0

Bugun yangi chiqqan IPB Forumni sinovdan o'tkazdim. juda qulay imkoniyatlar qo'shishibdi ayniqsa tillar tahriri va yangi til yaratish imkoni nur ustiga a'lo nurdir.;) Bu esa o'zbek tilidagi IPB forumlar boshlanishiga katta turtki beradi ;)))

Blogged with Flock

Jan 16, 2007

Google Seattle mahsulotlari



Bugun sizlarni vada qilganimdek Google mahsulotlari bilan tanishtirishni boshlayman. 2006 yil so'ngida Google rasmiy blogida Google Seattle da yaratilgan mahsulotlar ro'yhati taqdim qilingandi. Demak Google Seattle. Shunday ofis ekanki, u yerda Googlening barcha malakali dasturchilari to'plangan va ular bizlar kundalik ishlatadigan web mahsulotlarning mualliflaridir... Hullas gapni aylantirmasdan ular yaratga mahsulotlarni ko'rsataman....
1. Google qidiruvi: * Real-time ravishda namoyon qilinadigan qidiruv natijalari! (2006 yil qishki olimpia o'yinlari va sport musobaqalari bunga misol)
* Google.com hamda mobil' qidiruvda ishlaydi.

2. Google Maps:
* Frantsiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya uchun harita malumotlar ombori hamda ularning renderlanishi
*Geostore tomonidan dunyo haritasi bazasu uchun ishlab chiqilgan

3. Google Video:
* Google Video foydalanuvchilar moslamalari.
* Google Video uskunalari
* Google Video Player

4. Google Webmaster Central va Webmaster Tools:
* Googledagi sizning saytingiz indekslanishi va so'rovlar haqidagi batafsil ma'lumot olasiz.
* Saytingizga Googlebot tashrifidagi hatolik yoki muammolar haqida ma'lumot olasiz.
* Qaysi so'rov orqali saytingizga eng kam vaqt ichida kirishlarini bilib olasiz.
* Sayt indeklanishi hamda so'rovlar bo'yicha eng so'ngi yangiliklardan habardor bo'lasiz hamda butun dunyodagi webmasterlar bilan muloqotda bo'lasiz.


5. Google Sitemaps:
* Yaqshiroq so'rovlar va yahna qidiruv natijalari kishilarga sizning web sahifalaringizdan yanada ko'proq topishga yordam beradi.
* Aqlli so'rovlar Googlega sizning sahifalar qachon va qay tarzda o'zgartirilgani haqida habar beradi
* Sanoat standarti qo'llanishi webmasterlarni qidiruv tizimlari bilan osonroq bog'lanishga yordam beradi.

6. Google Talk:
* Elastiklik: IM, email yoki qo'ng'iroq orqali bog'lanish imkoniyati
* Sifat: Yuqori sifatli ovozli qo'ng'iroqlar va tez fayl almashinuv
* Qulaylik: Barcha Google Talkdagi do'stlaringizni faqatgina bir click orqali chaqirishingiz mumkin

7. Gmail Chat:
* Do'stlaringiz Quick Contactsdan turib taklif qilish yoki qo'shishingiz mumkin.
* Do'stlaringiz aloqadaligini ko'rishingiz mumkin.
* Bandligingiz, uhlayotganligingiz, jahldorligingiz va hokazoligi holatlarini o'rnatishingiz mumkin.
* Google Talkdan turib bepul ovozli qo'ng'iroqlar qilishingiz mumkin. Bu ham Quick Contacts bilan sinhlonlanadi.
* Birortasi bilan gaplashayotganda saqlamaslikni tanlashingiz mumkin va Gmail hisobida hech narsa sablanmaydi.

Bugun kech bo'ldi qolganini keyin tanishtiraman ;)